Советы по таким темам, как красота, уход за лицом, руками, ногами, волосами, выбор одежды и элегантно одеваться, правила макияжа, стать стильной, красивой, женственной.
1 марта 2015 г. Muxlisa
Ayol sohibjamol xilqat. Mana shu sohibjamollik uning har bir a'zosida, har bir harakatida, gap so'zida mujassam. Sochlar ham ayol go'zalligining ajralmas qismi. Biroq har bir ayolga ham tabiatan chiroyli, qalin va uzun sochlar ato etilgan emas. Ato etilganlari ham alohida parvarishga muhtoj. Ayol go'zalligining oynasi pardoz. Zero, bekorga “onangni otangga bepardoz ko'rsatma” deyishmagan.
Подробнее...28 февраля 2015 г. Muxlisa
Kosmetik nuqsonlar orasida tez-tez uchrab turadigan va o'z sohibalariga noqulaylik tug'diradiganlaridan biri sepkillardir. Bu jigarrang mayda donachalar bizga tug'ilganimizdan beri yopishib olgandek go'yo. 25 yoshimizagacha ularning soni ko'payib boradi va rangi ham to'qlashadi. 30 yoshdan keyin esa aksincha ranglari oqaradi, lekin miqdori o'zgarmay qolaveradi. Eng qizig'i - 40 yoshdan keyin ular umuman yo'q bo'lib ketishlari ham mumkin.
Подробнее...27 февраля 2015 г. Muxlisa
Ko'klam kelishi bilan ayollar tashqi ko'rinishlariga alohida e'tibor bilan qarashni boshlashadi. Bahor go'zallik fasli bo'lishiga qaramasdan, yuzdagi barcha nuqsonlarni oshkor qiladigan palla ham hisoblanadi. Shunday nozik faslda har birimiz yuz parvarishiga befarq bo'lmay, turli tuman niqoblardan foydalanishimiz kerak. O'ylaymizki, quyida tavsiya etilayotgan niqoblar yanada go'zal va sog'lom ko'rinishga ega bo'lishingiz uchun yordam beradi.
Подробнее...24 февраля 2015 г. Muxlisa
Ba'zida falon pulga nomdor pardoz vositasini sotib olamiz-u, qalbakiligi yoki muddati o'tganini keyin bilib qolamiz. Bu vosita husnimiz va salomatligimizga zarar etkazsa-chi? Unda bir dardimiz o'n bo'ladi. Xo'sh, haqiqiysini qalbakisidan qanday ajratish mumkin? Bunda quyidagi belgilar bizga yordam berishi mumkin...
Подробнее...19 февраля 2015 г. Muxlisa
Ayollarga ko'rkamlik baxsh etuvchi bezak – sochlardir. Ular sog'lom jilokor va mustaxkam bo'lishi juda yaxshi, biroq bunday bo'lmasa nima qilish kerak? Shuni bilish joizki, aynan sochlarning o'sishiga javob beruvchi soch folikulalarining poydevori embrional rivojlanishning 2-3 oyidayoq boshlanadi. Biz dunyoga kelganimizda boshimizda mayin tuklar bo'ladi va ular bir necha marotab o'zgaradi...
Подробнее...16 февраля 2015 г. Muxlisa
Lab bo'yog'ining rangini yuz, ko'z, soch va kiyimning rangiga mos keladigan qilib tanlash tavsiya etiladi. Kunduzi va kechqurun labga tusi turlicha bo'lgan bo'yoq surtish lozim. Kunduzgi lab bo'yog'ining rangi kechqurungi lab bo'yog'i rangiga nisbatan och va tusi ancha yumshoq bo'lishi kerak.
Подробнее...14 февраля 2015 г. Muxlisa
Sepkil va pigment dog'lar yuzingiz husniga soya solsa. Har kuni ertalab va kechqurun 1 osh qoshiqdan limon sharbati hamda olma sirkasini aralashtirib, yuzingizni tozalang. Uch hafta mobaynida shu muolajani qilsangiz, natija sizni quvontiradi.
Подробнее...13 февраля 2015 г. Muxlisa
Aksariyat ayollar yuzlariga tonal kremini surtib, so'ng upa bilan ishlov berishadi. Nima deb o'ylaysiz bu usul qanchalik to'g'ri?
Yuzingiz quruqshagan bo'lsa, kuz-qish mavsumi uchun tarkibida oziqlantiruvchi birikmalarni jamlagan tonal kremini tanlang. Yuzingiz terisiga mos keladiganini tanlash uchun ozroq tonal kremni qo'lga surtib ko'ring, oson surtilsa, demak, bu sizniki!
Подробнее...11 февраля 2015 г. Muxlisa
Lab bo'yog'i tarkibiga kiradigan moy, asosan, lab terisini yumshatadi va uni tashqi ta'sir (quyosh, shamol va hokazo)lardan saqlaydi. Lab bo'yog'i bilan og'izning shaklini va katta-kichikligini bir oz o'zgartirish mumkin. Agar og'iz katta bo'lsa, bo'yoqni og'izning ikki chekkasiga etkazmay, labning o'rta qismiga suriladi; agar og'iz kichik bo'lsa, labning butun sirtiga suriladi; yuqori lab keng bo'lsa, pastki lab quyuq qilib bo'yaladi; lab yupqa bo'lsa, yuqori lab quyuq qilib bo'yaladi. Lablar qalin bo'lsa, bo'yoqni labning tabiiy chizig'iga etkazmay surish kerak. Agar lablar yupqa bo'lsa, labning atrofiga bo'yoqdan chiziq chizib chiqiladi. Bunda avval og'izning atrofiga bo'yoqdan chiziq tortilishi, keyin labning barcha yuzi bo'yalishi tavsiya etiladi.
Подробнее...7 февраля 2015 г. Muxlisa
Agar siz yorqin rangli soch sohibi bo'lsangiz quyidagi niqobdan foydalaning.
Bir stakan moychechak gulidan damlama tayyorlab, uni toza sochlarga surting. Damlamani 30 daqiqa sochlarda qoldirib, uni tsefolan va sochiqqa o'rab qo'ying. Keyin esa boshingizni shampun bilan yuving. Moychechak gulining xususiyati sochingiz uchun ayni muddao.