Советы по таким темам, как красота, уход за лицом, руками, ногами, волосами, выбор одежды и элегантно одеваться, правила макияжа, стать стильной, красивой, женственной.
20 апреля 2015 г. Muxlisa
Ayol kishi uchun ko'zguda yuzi va ko'zi ostidagi ajinlarni ko'rish anchayin yoqimsiz holatdir. Bu qachon, nimadan paydo bo'lishini bilish mushkul ish. Lekin, bunday ajinlar birinchi belgini berganidayoq, asabiylashmasdan, ular bilan kurashishni boshlash lozim. Bunda quyidagi maslahatlar yordam beradi.
Подробнее...16 апреля 2015 г. Muxlisa
Odatda sog'lom sochlar bir oyda 1,5 - 2 sm. ga o'sadi. Lekin, bu jarayonni sekinlashishiga turli sabablar mavjud.
Birinchi sababi. Organizmda vitaminlar tanqisligidir. Shuning uchun ovqatlanish rejangizga yong'oq, soya, pishloq, tvorog, mevalar, sabzavotlar hamda dukkakli o'simliklarni qo'shing.
Подробнее...15 апреля 2015 г. Muxlisa
Qanday libos kiyganligingizga qarab, fe'l-atvoringiz xaqida so'z yuritish mumkin. Bir so'z bilan aytganda, libos bu insonning tashrif qog'ozidir. Insonning ruhiy holati albatta uning tashqi ko'rinishida o'z aksini topadi.
Ammo kiyinish uslubingiz qanday bo'lishidan qat'iy nazar, siz orasta kiyinishning uddasidan chiqishingiz lozim. Bunda quyidagi qoidalar sizga ko'mak beradi.
13 апреля 2015 г. Muxlisa
Yuz terisining salqib, oqarib qolishi asosan avitaminoz - ya'ni organizmga vitaminlar etishmasligi natijasida yuz beradi. Bu asosan qish va bahor fasllariga to'g'ri keladi. Agar yuzingiz rangi tiniq, shaftoli guli singari mayin bo'lishini istasangiz, vitaminlarga boy mahsulotlarni iste'mol qiling. Bu mahsulotlar organizmda qon almashinish jarayonini yaxshilab, yuz rangiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Подробнее...9 апреля 2015 г. Muxlisa
Oziqlantiruvchi va mustahkamlovchi niqob. Ikkita tuxum sarig'ini yarimta limon sharbati bilan aralashtirib besh tomchi repey yog'i (dorixonalarda mavjud) tomizasiz. Aralashmani sochlarning butun uzunligi bo'ylab surtib 20 daqiqaga qoldirasiz. Keyin yuvib tashlab sochlaringizni xona haroratida quritasiz. Muolaja har sakkiz kunda bir marta amalga oshirilishi kerak. Bu niqob sochlarni mustahkamlab, ularni taralishini osonlashtiradi. Soch to'kilishi va sinishiga barham beradi...
Подробнее...2 апреля 2015 г. Lola
Ba'zan yuzimizga ishtaha bilan qo'ygan niqobimiz yaxshi natija bermasa, hafsalamiz pir bo'ladi. Hattoki, buni tavsiya qilgan odamdan ranjib ham qo'yamiz. Lekin, bilmaymizki, niqoblardan foydalanishni ham o'z tartib-qoidalari mavjud. Ularni hisobga olgan holda yuzimizni parvarish qilsak, niqoblar biz kutgan natijani beradi.
Подробнее...27 марта 2015 г. Muxlisa
Husnbuzarlar yog'-tuk yo'llarining bekilishi natijasida vujudga keladi. Bu teridagi yog' va notekis o'lik qatlamlar miqdorining ortishi sababli sodir bo'ladi. Bunday sharoitlar esa husnbuzarlarni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarning ko'payishi uchun juda qulaydir...
Подробнее...23 марта 2015 г. Muxlisa
Ayollar o'z sochlarini parvarishlash, rangi, shaklini chiroyli ko'rinishda saqlash uchun ko'plab vositalardan foydalanadilar.Ulardan biri xinali bo'yoq hisoblanadi. Hozirda u do'konlarda tegishli ko'rsatmalar yozilgan paketlarda kukn shaklida sotiladi. Ko'pchilik ayollar undan mustaqil holda, ya'ni uy sharoitida tayyorlab, foydalanadilar...
Подробнее...19 марта 2015 г. Muxlisa
O'lkamizga fasllar kelinchagi bahor kirib keldi. Bahor fasli uyg'onish va go'zallik fasli. Borliq qaytadan uyg'onib, o'z-o'ziga oro berishga kirishadi. Tevarak atrof yashil libosini kiyib, inson ko'zini yanada quvnatib, gullarga burkanadi. Quyosh er yuzini yanada kuchliroq qizdirib, borliqqa o'z nurlarini sochadi. Shu bilan birga, biz ayollar ko'ngliga engil tashvish ham soladi. Quyosh nurlari yuzimizga o'z soyasini solib dog' tushiradi va sepkillarni bo'rttiradi. Lekin bu biz uchun muammo emas. Yuzimizni to'g'ri parvarish qilib o'z muammolarimizning echimini topishimiz mumkin...
Подробнее...18 марта 2015 г. Muxlisa
Yuz terisini to'g'ri parvarish qilish, birinchi navbatda teri turi uchun kosmetik mahsulotlarni to'g'ri tanlashga bog'liq. Yuz terisiga mos kelmagan mahsulotlarni ishlatish ko'p hollarda foyda bermaydi, ba'zan esa aks-ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli parvarish jarayonini boshlashdan oldin o'z yuz terimiz turini va undagi muammolar sababini aniqlab olishimiz lozim. Buning uchun ko'zguga boqib, yuz terisiga diqqat bilan e'tibor berish kerak bo'ladi.
Подробнее...