Beka.uz - сборник советов и рецептов для восточных женщин!

Beka.uz - сборник советов и рецептов для восточных женщин!

Красота

Красота

Советы по таким темам, как красота, уход за лицом, руками, ногами, волосами, выбор одежды и элегантно одеваться, правила макияжа, стать стильной, красивой, женственной.

 



Atirgulim, atringni soch!

13 июля 2015 г.    Muxlisa

Tabiat ne'matlaridan go'zallik vositalari tayyorlanishi sir emas. Jumladan, atirgul ekstrakti yoki moyidan ham turfa krem, gel, tuz va yuvinish vositalari ishlab chiqariladi. Atirgul yaproqlari to'ldirilgan suv tanga mayinlik baxsh etadi. Mashhur yulduzlar Jennifer Lopes va Selena Gomes ham atirgul muolajasiga ko'p murojaat etishadi. Agar bog'ingizda atirgul bo'lsa, siz ham undan unumli foydalanishingiz mumkin.

Подробнее...
 

Aloe yuzdagi ajin va toshmalarga qarshi!

3 июля 2015 г.    Muxlisa

Aloe o'simligi beozor giyoh hisoblanib, uni go'zallik timsoli deyishadi. Uning foydalilik xususiyatlari esa uch ming yil muqaddam aniqlangan. Azaldan uning barglaridan tabobatda foydalanib kelingan. Ayniqsa, ko'z kasalliklari, teridagi yaralarni davolashda aloe o'simligidan tayyorlangan surtmaning foydasi bisyor.  Arab tilidan tarjima qilinganda «aloe» «achchiq, kakra» ma'nolarini anglatadi. Arablar ushbu o'simlikni qurg'oqchilikka chidamliligi uchun sabr-bardosh, qanoat timsoli sifatida qadrlashadi.

Подробнее...
 

Husnbuzarlardan qanday xalos bo'lish mumkin?

2 июля 2015 г.    Muxlisa

"Go'zallik-dunyoni qutqaradi", degan edi Dostoevskiy o'zining "Telba" nomli asarida. Darhaqiqat, husn ilohiyot tomonidan insonga berilgan eng oliy hadyadir. Husni go'zal insonning xulqi va qilayotgan amali ham go'zal bo'ladi. Ammo deyarli ko'pchiligimizni tashvishga soluvchi husnbuzarlar esa ko'p hollarda dilimizni xira qiladi. Aziz dugonajon, keling, bugun husnbuzarlarning kelib chiqish omili, ularga qarshi samarali kurashish haqida suhbatlashsak.

Подробнее...
 

Issiq kunda yoqimli bo'y taratish

29 июня 2015 г.    Muxlisa

Yozning issiq kunlarida ko'pchilik ayol va qizlar kosmetik vositalarni ishlatishdan butunlay voz kechishadi. Xushbo'y atirlarimiz esa endi toshoynalar yonidan joy olgancha qolaveradi. Ammo kunning jaziramasiga qaramay, sevimli iforlarimizdan foydalanishni davom ettirishimiz mumkin. Xo'sh, buni qanday amalga oshiramiz?! O'zimizga mos, issiq kunlarda ham ko'tarinki kayfiyat va yoqimli xotiralarni hadya etuvchi, atrofdagilarning g'ashiga tegmaydigan engil yozgi iforni qanday tanlashimiz lozim?

Подробнее...
 

Qo'llar parvarishining 5 siri

28 июня 2015 г.    Muxlisa

Sog'lom va chiroyli qo'llarga ega bo'lishni kim xohlamaydi deysiz. Kundalik hayotimizdagi yumushlar natijasida esa ko'proq bu holatning aksiga guvoh bo'lamiz. Ammo, har bir ayol kishi go'zal bo'lishga haqli, buning uchun ozgina harakat, xohish va to'g'ri maslahatlar zarur!

Подробнее...
 

Bo'yi past ayollarga qanday liboslar yarashadi?

17 июня 2015 г.    Muxlisa

Aksariyat qizlar bo'ylari past ekanligidan xijolat tortib yurishadi. Aslida bu kamchilik emas, ammo bu holat sizga noqulaylik tug'dirayotgan bo'lsa, yordam berishga tayyormiz! Demak, sahifamizda sizning muammoingizni oddiy usulda — kiyimlar yordamida hal qilishga urinib ko'ramiz!

Подробнее...
 

Soch to'kilsa nima qilish kerak?

15 июня 2015 г.    Muxlisa

Avvalambor, ushbu savolni berish chog'i vahimaga tushmaslik lozim. So'ngra sochlaringiz chindan ham patologik ravishda to'kilyaptimi yoki shunchaki eski sochlarning yangilariga fiziologik almashinuvi sodir bo'lyaptimi, buni aniqlab olish zarur. Kuniga 30 tadan 100 tagacha soch tolasi to'kilishi me'yor sanalib, bunda o'z umrini «yashab bo'lgan» tolalar to'liq ravishda yangilanadi.

Подробнее...
 

Go'zallik bag'ishlaydigan 8 mahsulot

13 июня 2015 г.    Muxlisa

Agarda siz sog'lom yuz ko'rinishiga, chiroyli tirnoqlar hamda uzun, yaltiroq sochlarga ega bo'lishni istasangiz, turli dori va kosmetikaga hojat yo'q. Har bir xonadonda topiladigan ushbu sabzavot va meva mahsulotlari orqali ichki salomatlik va tashqi go'zallikka erishish mumkin.

Подробнее...
 

Oy yuzingizni quyosh urmasin desangiz

11 июня 2015 г.    Muxlisa

Quyosh tig'ida ko'p yurishga to'g'ri kelsa, shlyapa, kepka, sharf, soyabon kabi “himoyalovchilardan”dan birortasini o'zingiz bilan olishni unutmang! Ular yordamida kuydiruvchi quyosh nuri zararidan yuzingizni birmuncha saqlanishingiz mumkin!

Подробнее...
 

Qazg'oq dastidan dod!

10 июня 2015 г.    Muxlisa

Soch parvarishi alohida e'tibor talab qilishini yaxshi bilasiz. Sochlar qalin va jilokor bo'lishi uchun ma'lum retseptlarga ham egasiz. Biroq, soch parvarishida shunday bir muammo borki, u ko'pchilikni o'ylantirayotgani aniq. Bu — qazg'oqlardir. Savdo markazlarida "qazg'oqqa qarshi" deya yorliq yopishtirilgan shampunlarni xarid qilasiz-u, foydalanib ko'rgach, hafsalangiz pir bo'ladi…

Подробнее...