Советы по таким темам, как красота, уход за лицом, руками, ногами, волосами, выбор одежды и элегантно одеваться, правила макияжа, стать стильной, красивой, женственной.
2 февраля 2015 г. Muxlisa
Siz xarid qilayotgan upa rangi terinikidan ajralib qolmasligi lozim. Buning uchun xarid chog'ida ozroq upani bo'yinga surting-da, yorug'likda unga diqqat bilan qarang.
Подробнее...29 января 2015 г. Muxlisa
Sochlaringiz nursiz va to'kiluvchan bo'lib qolganligi sizni tashvishga solyaptimi? Turli usullarni qo'llashga shoshilmay, eng zarur qoidalarni bilib oling.
1. Doimiy go'zallik qoidasi! Sochlaringiz “itoatkor” bo'lishini istasangiz, 3-4 kunda bir marotaba bosh yuvishga odatlaning. Ha-ha, sochni yuvish oralig'ini shunday muddatda olib borsangiz, kirlanishi ham shunga moslashadi.
Подробнее...28 января 2015 г. Muxlisa
Uy sharoitida yuz tozalash kosmetolog uchun sarflanadigan anchagina pulni tejashga yordam beradi. Albatta, yuzni uy sharoitida tozalash o'ta ehtiyotkorlikni talab etadi, agar kerakli qo'llanmalarga amal qilinmasa yuz terisiga jiddiy zarar etkazish mumkin. Noto'g'ri harakatlar oqibatida yiringlar, yallig'lanish yoki chuqurchalar yuzaga kelish ehtimoli bor. Demak, uy sharoitida yuzni tozalash uchun bug'li vannacha, tuz, suyuq sovun va dezinfektsiyalovchi vosita kerak bo'ladi...
Подробнее...27 января 2015 г. Muxlisa
Oyoq kaftini yumshatish uchun. Ikkita tuxum oqini uqalovchi harakatlar bilan oyoq ostiga yaxshillab suring. 15-20 daqiqadan so'ng yuvib tashlang. Oyoq osti terisini oqartirish, yumshatish uchun mayonez va smetanadan foydalanish mumkin. Bunda 1 soat va undan ko'p vaqtgacha oyoqlar yuvilmaydi.
Oyoq zamburug'iga qarshi. Qora turp yoki piyozning suvini siqib, oyoq poyiga suriladi. Bu o'simliklar zamburug'larga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Uni surtgach teri qurishini kutib turing, so'ng oyoqlarni uqalab chaying. Faqat bu niqobni qo'llash uchun oyoqda yara chaqalar bo'lmasligi kerak.
Подробнее...23 января 2015 г. Muxlisa
Soch rangi uchun melanin pigmanti "javobgar"dir. Organizmda melanin ishlab chiqarilishi kamayganda soch tolalari oqara boshlaydi. Sochlar o'rtacha 35‑40 yoshda oq rangga kira boshlaydi. Ammo ilk oq soch tolalari 20 yoshdan oldin ham paydo bo'lishi mumkin. Qarilik eshigimni qoqdi, deya darrov havotirga tushmang. Ammo soch oqarishining sababini ertaroq aniqlash lozim. Chunki, bu organizmdagi biror bir buzilishdan darak beradi.
Подробнее...16 января 2015 г. Muxlisa
Sir emaski, fasl va ob-havoning o'zgarishi yuz terisiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bois ham kuzning birinchi haftalaridanoq, mavsumiy parvarish choralarini ko'rgan ma'qul.
14 января 2015 г. Muxlisa
Benuqson va yaxshi parvarishlangan oyoqlar ayol go’zalligining asosi sanaladi. Shu ma’noda unutmaslik kerakki, kuz faslida oyoq terisi, ayniqsa, e’tiborga muxtoj bo’ladi. Buning boisi, havo salqinlashishi bilan ochiq poyafzallardan yopig’iga o’tish, sovuqdan saqlanish maqsadida sintetik matodan tayyorlangan kolgotkalar kiyish va hokazolar.
Подробнее...13 января 2015 г. Muxlisa
Kuz-qishda qo'l terisi parvarishi uchun, asosan, oziqlantiruvchi va terini yumshatib, himoyalovchi kremlar tavsiya etiladi.Qo'l terisi sovuq havoga juda ta'sirchan bo'lsa, tarkibida zaytun, moychechak, lavanda moyi qo'shilgan kremlarni tanlang.Terida mayda yoriqlar, teri qavatining ko'chishi bezovta qilsa, krem tarkibida avokado, kakao, aloe, jojoba kabi o'simliklar moyini jamlanganligiga diqqat qiling. Ular terining me'yoriy qavatini tiklab, engil “yallig'lanish”larni bartaraf etadi...
Подробнее...10 января 2015 г. Muxlisa
Ajinlarga qarshi niqob. Kechqurun yotishdan avval bitta tuxum sarig’ini bir osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq suli uni bilan aralashtirib, qo’lingizga surtasiz. Yupqa matodan qo’lqop kiyib olib, bemalol uyquga yotishingiz mumkin. Ertalab qo’llaringiz mayinlashib ajinlar yopiladi.
Terini yumshatish uchun niqob. 1 osh qoshiq asalni 2 osh qoshiq o’simlik moyi, bitta tuxum sarig’i va bir necha tomchi limon suvi bilan aralashtiring. Aralashmani qo’lingizga surtib, qog’oz matoli qo’lqop kiyib oling. Bu niqobni kechasi qo’ysangiz maqsadga muvofiq.
9 января 2015 г. Muxlisa
Lab hoshiyasi uchun qalam tanlashda uning rangi labingizning tabiiy rangidan to’qroq bo’lishi va juda ham ajralib qolmasligiga e’tibor bering.
Och pushti rangli qalam – lab bo’yog’ining rangi qizg’ish, pushti va tovlanuvchi rangda bo’lsa, kontur qalamining pushti rangi labnikidan ajralib qolmasligini ta’minlaydi.