Beka.uz - сборник советов и рецептов для восточных женщин!

Beka.uz - сборник советов и рецептов для восточных женщин!

Лого beka.uz

Quymoq

 12 июля 2015 г.    Lola Xakimova  

Quymoq

Kerakli masalliqlar:

1. Sosiska - 1 pachka
2. Tuxum - 10 dona
3. Un - 2 osh qoshiq
4. Razryxlitel (qavartma) - 1 choy qoshiq
5. Pista yog'i - 2 osh qoshiq
6. Tuz

Tayyorlanishi:

10 ta tuxum idishga chaqiladi, ichiga un, razryxlitel (qavartma), yog' va ta'bga ko'ra tuz solinadi. Bu hamma massa blenderda yaxshilab aralashtiriladi.

Duxovka listini yog'lab, ichiga aralashma solinadi.Va uning ustiga parrak qilib to'g'ralgan sosiska kerakli miqdorda solinadi. Bu listni oldindan qizdirilgan duxovka ichiga qo'yiladi. O'rtacha olovda 10-15 daqiqa pishiriladi.

Pishgan quymoq bo'laklarga bo'lingan holda, hohishingizga qarab, bezatilib, dasturxonga tortiladi.
Bu ertalabki nonushta dasturxoniga tortish uchun qulay va oson pishiriladigan taomdir.

Ushbu quymoqni tuxum pishiradigan tovada ham pishirish mumkin. Tovada pishirishdan oldin uning katta-kichiklik xajmiga e'tibor qiling. Yodingizdan chiqmasin, quymoq pishish jarayonida ko'tariladi.

Yoqimli ishtaha!

 



Рекламируйте в социальных сетях.